Qo‘rqoqlik gunohmi

Assalomu alaykum! Men shunday yo‘lni tanlayman har narsada tinchlik bilan muomila bilan hal qilishmi har qanday vaziyatda ish bilan hokazo yigitchilikda kelishmovchilklar bo‘lip turadi. O‘shanda men haq bo‘lsam ham indamiy qo‘yuraman tortishmayman odamlar ko‘pi bu bilan meni qo‘rqoq deb o‘ylaydi. Meni lapashang dovdr ahmoq deb o‘ylashadi, haddidan oshishadi ham. Shunda ham uni menga bo‘lgan muomilasiga yarasha javob qaytarsam kibrga kirib qolmaydimi? Menga hurmatsizlik qilishsalarham haddidan oshishsalar o‘shanga yarasha javob qaytarsam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularga teng ham bo‘lmang o‘zingizni ham xorlatmang. عن أنس بن مالك قال: قال رسول الله  صلي الله عليه وسلم: من ترك الكذب وهو باطل بني له في ربض الجنة، ومن ترك المراء وهو محق بني له في وسطها، ومن حسن خلقه بني له في أعلاها. قال الترمذي: حديث حسن  Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim nohaq bo‘la turib yolg‘onni tark qilsa, u uchun jannatning chekasidan bino barpo qilinadi va kim haq bo‘laturib tortishuvni tark qilsa, u uchun jannatning o‘rtasidan bino barpo qilinadi va kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, u uchun jannatning eng yuqorisidan bino barpo qilinadi” dedilar". 
Termiziy rivoyati.
Boshqa bir rivoyatda:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men shunga kafilman, zominman” deganlar.  Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:21 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar