Qarg‘ish kelajakka tasir qiladimi?
Assalomu alaykum! Bundan 6-7 yil avval bir voqea bo‘lgandi o‘shanda 17-18 yoshlarda edim kollejga juda shoship ketayotgandim bilmasdan yo‘l chetida bir amakini oldini kesip o‘tipman buni orqamnan hoy to‘hta degannan kiyin tushinip etganman. Endi kechirim so‘ramoqchi bo‘lip og‘iz juftlaganimda birdan meni so‘kishni boshladi (hayotimda birinchi marotaba erkak kishidan so‘kish eshitishim edi) eng yomoni u meni haromlikda ota-onam harom tuqqanlikda ayblab haqorat qila ketti dahshatlisi esa meni fohishalikda aybladi u meni men esa uni tanimasdik, to ko‘rinmay ketgunicha bahting qaro bo‘lsin, baxtsiz bo‘gin degan qarg‘ishlar, juda jirkanchli so‘zlar aytishni to‘htatmasdi. Men turgan joyimda qotip turdim. Tinmay ko‘zimdan yosh oqardi faqat qarg‘ishing o‘zinga ursin dep pichirlap qoo‘ya oldim halos, bu voqeani haligacha unutaolmayapman aytgan so‘zlari qulog‘imda jaranglaydi, o‘sha insonni holi nima kechganigayam qiziqaman, ayb mendamidi? Uni qargishi meni urmadimikan (yoshim 25 da haligacha turmushga chiqmadim) ohiratda holimiz nima kechadi? 2-qarindoshlarimiz ichida faqat mengina 5-mahal namoz o‘qiyman qolgan hech biri buni tushunishmaysi (ular o‘zlarini qalbi toza insonlar dep biladi) holam bilan qizining meni erga tegmaganimni hadep g‘iybat qilishlaridan qachon ketasan diyishlaridan charchadim, ko‘pchilik meni dinga kirip ketganlikda, ishlamaslikda ayblashadi, tez-tez machidga borip turaman namoz o‘qishga, u erni supirip tozalashga ayniqsa ko‘piroq tahorat honasini tozalashga (Alloh rizoliga va savob uchun) ammo uniyam kimdir ko‘rip qolip ota-onamga etqazibdi va juda yaxshigina gap eshittim, eng yomoni meni maschidga uylanmagan yigitlar uchun boradi degan tuhmatga qoldim. Hatto menga “senday namozhonni itam olmaydi, hech kim so‘rap kelmayd” degan dashnomlar otishdi. Bu yil biroz sinovli bo‘ldi lekin yo‘qotganimdan topganlarim ko‘p bo‘ldi. Namozlarimga vitr va tahajjudniyam qo‘shdim alhamdulillah, ammo hozirda umidlarim biroz so‘nmoqda, ishtiyoqim yo‘qalmoqda maslahatizga muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nohaqdan aytilgan qarg‘ish yoki duoibadlarni hech qanday zarari yo‘q. Siz agar to‘g‘ri va aybsiz bo‘lsangiz ta’sir qilmaydi. Turmushga chiqishingiz ham Allohning taqdiri. Shuning uchun sizga dini va xulqiga rozi bo‘ladigan darajadagi odamdan sovchi bo‘lib kelsa, istixora qilib rozilik bering. Kuyov bolani tanlashda talabni juda katta qo‘yib yubormang. Hojat namozlarini o‘qib Allohdan, xayrlisini so‘rang. Qarindoshlar gaplariga ham e’tibor bermang. Albatta har bir qiyinchilikning ortidan engillik bo‘ladi:«Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir». («Sharh» surasi, 5-6 oyatlar).
Arab tili qoidasiga binoan bir «aliflom»i bor so‘z (al-usru) ikki marta takrorlansa, bir narsani ifoda etar ekan. Ammo «alif-lom»i yo‘q so‘z (yusron) ikki marta takror bo‘lsa, alohida ikki narsani ifoda etar ekan.
Shu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi ikki oyatning umumiy ma’nosi: «Bir qiyinchilikdan so‘ng ikki osonchilik bor», degani bo‘ladi. Bu ma’noda ko‘pgina hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi mo‘min kishini sabrli, qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Qiyinchilik paytida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka, balki sabr bilan harakat qilishga va Alloh taolodan engillik kutishga undaydi. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar