Hajga yig‘ilayotgan puldan zakot

Assalomu alaykum! Otamning bir necha yildan beri xajga deb tuplab yurgan pullari bor. Yaqinda buning zakotini berishingiz kerak deb eslatdim. Otam esa bu zaxiradagi pul emas, xaj safarim uchun saqlab turgan pulim deb javob berdilar. Qizcham bolalikdan tug‘ma nogiron. Yaqinda davolatish uchun saxovatpesha insonlarni yordami bilan Xindistonga olib bormoqchiman. Agar otam zakot bermoqchi bo‘lsa keliniga ya’ni mening ayolimga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Hajga yiqqan bo‘lsa ham nisobga etsa zakot berish farz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar