Toshma toshganida taxorat

Assalomu alaykum! Menga yaqinda toshma toshdi, doktorga ko‘rinsam bu toshmaning nomi "Pushtirang temiratki" ekan. Doktor menga, bu suvni yaxshi ko‘ruvchi toshma, suv teksa ko‘payishini aytdi(1oyda yo‘qolar ekan). Savolim, bunday xolatlarda qay tarzda taxorat olib namozni davom ettirish mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchidan dindor bo‘lmagan doktorning guvohligi shariat borasida e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun namoz va boshqa ibodatlarni hukmini biladigan boshqa doktordan ham so‘rang. Agar haqiqatan zarar qilishi aniq bo‘lsa, yuvadigan joylarni yuvib qolganiga mash tortasiz. U ham zarar qilsa tayammum qilib namoz o‘qiysiz. Buni albatta aniqlatib oling. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 175 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar