Qolib ketgan buyum

Assalomu alaykum! Men tadbirkorman, bozorda ishlayman. Bir kuni ishga kelganimda qo‘shni do‘kondagilar kecha meni buyumim ya’ni (tovarim) qolib ketganini aytishdi va menga qaytarib berishdi. Evaziga menga bitta tushlik olib berishmni so‘rashdi. Man ularga tushlik olib bersam noto‘g‘ri bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Aslida ular qilgan ishi ulkan savob bo‘lar edi. Narsa olib bergan bo‘lsangiz o‘sha uning evazi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar