Oilamizdagi holat
Assalomu alaykum! Alxamdulillax Alloh xidoyat berdi namozlarimni vaqtda ado etishga xarakat qilyabman meni bir savol qiynab keladi Dadam namoz o‘qimaydilar dadam magazinda savdo sotiq qilib moddiy tomondan taminlab kelar edi esimni tanibmanki magazinimzda Alloh xarom qilgan xamir sotilar edi men xam magazinda ishlab shu yul bilan oilamizni moddiy tomondan taminlab kelardim oilamiz dindan uzoq edi men alxamdulillax Allohni tanidim va bunday xarom ishlardan o‘zimni tiydim alxamdulillax qalb xalovatini topdim savolim shuki bizni shu kungacha topgan mol dunyoyimizni xukmi qanday bo‘ladi baribr orttirgan mollarimizga xarom aralashgan magazinmzdagi maxsulotlarda xam xamirdan qolgan foydaning ulushi bor Alloh gunoxlarimizni kechirishini so‘rab Allohga iltijo qilaman ota onamga Alloh xidoyat berishini so‘rab duo qilaman ustozlar menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kimnidir “shunday qil” deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harakat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo darajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 141 | Islam