Chaqimchi bo‘lib qolmaymanmi
Assalomu alaykum! Men sherigim bilan aptekada ishlaymiz, sherigim kassada turadigan puldan pul o‘g‘irlayotganini bilib qoldim. Buni isbotlab berishga hech qanday dalilim yo‘qligi uchun indamay yurgandim. Direktorimiz ham kameralar orqali sherigimni pul olganini ko‘rib, menga unga ko‘z-quloq bo‘lib yurishimni tayinladi. Sherigimga bu haqda nasihat qildim, ammo o‘g‘irliklar davom etyapti. Sherigim "pul olayotganimni hech kim bilmaydi" deb o‘ylaydi. Bunday ish qilayotganini direktorimga aytib bersam chaqimchi bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Direktoringizni o‘zi kameradan ko‘rib olsin. Boshliqni bunga imkoniyati ham haqqi ham bor. Sizni urishtirishni hojati yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya