Atalgan pul berilmasa

Assalomu alaykum! Bir ish boshlagan edim. Ishimni boshlashimdan oldin, shu ishimdan olgan birinchi foydamni biror-bir muxtoj insonga beraman, deb niyat qildim. Allohga shukur ishimni boshladim. Birinchi foydani xam oldim. Lekin xozirgi karantin vaqtida o‘zim shu pulga muxtoj bo‘lib qoldim. Turmush o‘rtog‘imning xam ishlari yaxshi emas, moliyaviy tomondan qiynalyabdilar. Beraman degan pulimni o‘zimiz uchun ishlatishim to‘g‘rimi yoki atab qo‘yilgan pul vaqtida berilishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bering. Uning o‘rniga Alloh o‘n barobar qilib qaytaradi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar