Javobga tug‘ilgan yangi savollar

Assalomu alaykum! Savolim shuki, savol 7390 ga javobingizni o‘qib o‘ylab qoldim. Xristian, va Yaxudiylar najas sifati berilganiga, ularning shirklari yani Iyso va Ayub alayxissalomlarning Allohning o‘g‘li va xatto Allohning o‘zi (SubxanAlloh, Astagfirillax) deyishlarimi? Agar ular o‘z dinidan chiqmagan xolda, Allohga shirk qilishmasa va o‘z dinlarida qolsa, xaq din Islomni tanlamay. Ular mushrik xisoblanmagan bo‘lishadimi va Alloh raxm qilgan bo‘lishadimi, yoki dinlariga sodiq bo‘lishganida, Islom diniga Qur’on nozil qilingandan keyin o‘tishlari kerak bo‘lganmidi? Va yana qaysi qiliqlari uchun birma-bir, Alloh bularni bu darajada jazolaganliklari xaqida eslatib o‘tsangiz, ming bor uzr qayta berilgan savol bergan bo‘lsam, savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning nazdida din bitta, Islom dini. Odatda Alloh taolo bir payg‘ambarning ummatiga kitob nozil qilganida o‘zidan keyingi keladigan payg‘ambarning ismini ham sifatlarini ham zikr qilgan. Kitob nozil qilingan ummat adashib ketishsa boshqa payg‘ambar yuborib, avvalgilari o‘sha payg‘ambarga iymon keltirishini shart qilgan. Odam alayhissalomdan beri shu narsa davom etib keladi. Tavrotda ham Injilda ham kelgusida Muhammad alayhissalom payg‘ambar bo‘lib kelishlari va kelgusida u zotga iymon keltirish kerakligi yozib qo‘yilgan. Modomiki ular payg‘ambarimizga iymon keltirar ekanlar o‘zlarining kitoblariga amal qilgan hisoblanadilar. Tafsirni o‘qisangiz ularni barcha qiliqlari batafsil yozilgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 196 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar