Shunday hadis bormi?
Assalomu alaykum! Musulmonlar Quddusni nasroniyalar bilan birlashib fatx qilishadi. Tosh ortiga berkingan yaxudiyni tosh tilga kirib ortimda yaxudiy bor o‘ldir uni diydi digan hadis saxixmi. Imom Buhoriy rivoyat qilgan deyishyabti. O‘sha kishining aytishicha qanadaydir maqom bor ekan u maqomga erishganda odam ibodatlarni namozni, ro‘zani tark qilisharmush. U maqomga erishish uchun ko‘p ibodat qilarmush. Man payg‘ambarimiz namozni tark qilmaganlarku ularga yo‘l bo‘sin didim. U odam ham to‘g‘ri ular qanday maqom qanday insonlarakan dib o‘ylanib qoldi. Shunday fikrlaydigan odamlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ha “Sahihul Muslim”da shunday hadis keladi. 2). Ha, bu shaytonning maqomi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam butun payg‘ambarlardan ham yuqori maqomga ega bo‘laturib u zotdan namoz soqit bo‘lmaganda kimdan soqit bo‘lishi mumkin. Iymondan vos kechgan shaytondan-da. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar