Birovni ro‘zasi ochilishiga sababchi bo‘lish
Assalomu alaykum! Men qattiq bir gunoh qildim bir dugonam saharlikga uxlab qolib 6-30larda turib niyat qilib og‘zini yopibdi men unga niyatni vaqtida qilmagansan ro‘zang qabul bo‘lmaydi deb aytdim. U ro‘zasini ochdi, men buni ataylab qilmagandim, o‘zim bilmagan holatda, men saharlik qilmagani uchun niyat qilmagani uchun ro‘zasi qabul bo‘lmaydi deb o‘ylagandim. O‘zim bilmagan holda ro‘zasini ochdirdim men bu katta gunohim kechirilishi uchun nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dugonangiz endi 60 kun ketma-ket kafforat va bir kun qazo ro‘zasini tutib beradi. Siz fatvo berib bunaqa jar’atli bo‘lmang. Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar