Gunohini kechirishini niyatida o‘qiladigan namoz

Assalomu alaykum! Ey Abbos. Ey amaki senga ato beraymi senga lutf ko‘rsataymi? Seni 10ta xislatli qilib qo‘yaymi? Qachon sen o‘shalarni qilsang gunoxlaringni avvalgisiyu oxirgisi qadimgisiyu yangisi kichigiyu kattasi siriniyu oshkorini mag‘firat qiladi. O‘sha 10 xislat 4rakat namoz o‘qimog‘ing dedilar. Agar shu xadis to‘g‘ri bulsa bu 4rakat namoz qay vaqtda o‘qiladi va niyatda nima aytiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Tasbeh namozi Ikrimaning Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbosga qarata: «Ey amaki! Sizga bermaymi? Sizga o‘rgatmaymi?» degan so‘zlarni zikr qilib, so‘ng bunday dedilar: «To‘rt rakat namoz o‘qiysiz. Har rakatda Fotihani va boshqa bir surani o‘qiysiz. Birinchi rakatda qiroatdan so‘ng qiyomda «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» tasbehlarini o‘n besh marta aytasiz. So‘ngra ruku’ga borasiz va ruku’da turganingizda mazkur tasbehlarni o‘n bor aytasiz. Keyin boshingizni ruku’dan ko‘targan vaqtda ham yana tasbehlarni o‘n marta aytasiz. So‘ng sajdaga borasiz. Sajdada turganingizda yana mazkur tasbehlarni o‘n bor qaytarasiz. So‘ng boshingizni sajdadan ko‘tarib, yana mazkur tasbehlarni o‘n bor aytasiz, so‘ng yana sajda qilasiz va unda yana o‘n bor tasbeh aytasiz, so‘ng boshingizni sajdadan ko‘tarib, tik bo‘lishingizdan oldin yana o‘n marta tasbeh aytasiz. Bu aytilgan tasbehlarning umumiy adadi etmish beshta bo‘ladi. To‘rt rakatni shu taxlitda ado etasiz. Agar bu namozni bir kunda bir marta ado etishga qodir bo‘lsangiz, uni ado eting. Agar bir kunda ado etishga qodir bo‘lmasangiz, juma kuni bir marta o‘qing. Agar juma kunida ado etishga qodir bo‘lmasangiz, uni bir oyda bir o‘qing. Agar bunga qodir bo‘lmasangiz, uni bir yilda bir bor ado eting. Bunga ham imkon bo‘lmasa, umringiz davomida bir bor «tasbeh» namozi o‘qib qo‘ying». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar