Tahoratdan tushgan suv

Assalomu alaykum! Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh huzurlariga olib borib: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘lining oyog‘i og‘rib qoldi»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshimni siladilar va meni «baraka topg‘il» deb duo qildilar, keyin tahorat oldilar. Tahoratdan tushgan suvdan ichdim, keyin Rasulullohning orqa tomonlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida olmadek keladigan Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim». Shu xadisda erda oqayotgan suv nazarda tutilyabdimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuz qo‘llarini yuvdilar o‘shandan tushgan suvni ichganlar. O‘zimizni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qiyos qilmasligimiz kerak. U zotining muborak badanidan tushgan suvni o‘zimizni gunohkor va kir badanimizdan tushgan suvga o‘xshatmasligimiz kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 196 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar