Turmush o‘rtog‘im bir necha marta uydan xaydagan

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan janjal payti meni xaydaydilar, (bor ket, yo‘qol, ertaga zagsga borib ajrashamiz, yashamiman san bilan sanga bekor uylandim, xamma narseni yig‘ishtirib ket yo‘qol, qo‘ydim sanga deb so‘kib xam xaydaydilar va xakazo so‘zlar bilan). Shu payt taloq tushib qolmadimikan deb o‘ylab qolaman. Shu payt shu darajada jiddiy aytadilarki agar men chiqib ketsam rostanam ajrashib ketamiz. Uymga ketsam xam meni qaytargani bormaydilar. Qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lmaydilar, uzr xam so‘ramaydilar. Taloq xaqida tushunchaga ega emaslar, nimaligini bilmaydilar. Tushintrshga xarakat qilsam xoxlamaydilar. Man xozir xomladorman, bolam xaromi bo‘lib qolmadimikan? Chunki bu gaplar to‘yni ertasi kunidan boshlangan. Nima qilay yordam berila iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan gaplarni har biri bilan taloq tushib qoladi. Siz aytgan gaplarni orasida chin dildan aytmasa ham taloq tushadiganlari bor ekan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar