Homilador vaqtda

Assalomu alaykum! 2- farzandimga 8oylik homiladorman. Bizda yoshi kattalar homilador bo‘lgan ayolga toq oylarga chiroq yoqtirib paxta silab 7 oylik bo‘lganda tug‘ilajak bolaga echki olib boqib 37 yoki 39 kunlik chillasi chiqayotganda qo‘shnoch chaqirib so‘yib yarmini hammaga edirib yarmini qo‘shnochga berib yuboradi. Bu ish qanchalik to‘g‘ri? Agar bu ish bid’at yoki lozim bo‘lmasa aqiqa qilsak yaxshi degandim ammo uydagilar fikrimga qarshi shuning uchun javobingizga muhtojman. Javobingizni esa uydagilarga o‘qib eshittirmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishlar shariatimizga mutlaqo zid. Aslo yaqinlashmang ham yaqinlashtirmang ham. Aqiyqa qiling, bu shariatimizda sunnat. Mahkam turing, siz kabi onalarimiz bu ishlarda mahkam tursa keyinchalik yuqoridagi kabi shirk aralashgan ishlar yo‘qoladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar