jinsiy aloka va zakot xakida

Assalomu alaykum Shayx xazratlari beraetgan savolimiz javobsiz kolmaetganidan minnatdormiz sizdan raxmat sizga yana savol bilan murojat kilamiz sizga ruxsatingiz bilan.1. Meni otam ikki insonga karz bergan edi 900 dollarni tashkil etadi oradan 6-oydan kup vakt utdi otam bu pulni kaytib olishga axli etmayapti chunki ularni sharoitlari bunga etmaedi shu pulni oilamiz xisobidan deb zakot sifatida utkizib yuborsa buladimi.2. Men uylanmaganman savol kupol bulsa uzr surayman boshkachasiga tushintira olmadim nikoxsiz ael bilan etish gunox sanaladi agarda insonni uzidan keladigan suyuklikni aelni erdamisiz chikazib tashlasa gunox sanalmaydimi telvizorda xar-xil yarim yalongoch filimlarni kursak ukiyatgan nomozimga putur etmaedimi.Javobingiz uchun oldindan raxmat aytamiz Shayx xazratlari Allox rozi bulsin yana bir iltimos sizning mp3 maruzalaringizni kaerdan kuchirib olsak buladi iloji bulsa kursatib utsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarzni zakotdan deb kechib, yuborib bo‘lmaydi. Zakotni berib, so‘ng qarzingni ber, deb so‘rab olish mumkin.- Siz aytgan ishni qilishga ulamolar ruxsat bermagan. Bu odat jinsiy zaiflikka olib keladi.- Televizorda siz aytgan sahnalarni ko‘rmaslik kerak. - Mazkur ma’ruzalarni ko‘chirib olishga egalari ruxsat berishmagan. Ularni sotib olish kerak. o‘sha mahsulotni chiqarayotgan birodarlaringiz asbob – uskana sotib olishgan, firma –tuzishgan, soliq to‘lashadi, ma’ruzalarni yozib olishgan, ularni ko‘paytirish ham ’arf xarajat talab qiladi. Ruxsat olishdagi tekshiruvga ham, daqiqasiga qarab pul to‘lashadi. Bularning hammasining o‘rnini qoplash kerak bo‘ladi. Shuning uchun, ko‘chirib olishga ruxsat berishmaydi.
21 Aprel 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 60 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar