Oramizda xech qanday rishta yo‘q desa

Assalomu alaykum! Men erimning ikkinchi ayoliman. Birga o‘n bir yil yashadik bir nafar farzandimiz bor. Erim yaqinda oramizda xech qanday rishta yo‘q sen bilan oramizdagi xamma rishta uzildi, endi o‘zing bilasan deb aytdi. O‘zi oilasiga qaytib ketdi. Xech qanday yordam yoki bola tarbiyasi yoki moddiy ma’naviy yordamga qurbim etmaydi dedi. Iltimos aytingchi erimning bu so‘zidan taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar