Prezident stipendiyasi

Assalomu alaykum! Men Universitetda o‘qiyman, xabaringiz bo‘lsa kerak hozirda qobilyatli talabalarga Prezident stipendiyasi, Beruniy stipendiyas va shunga o‘hshash stipendiyalar beriladi, buning uchun talaba maqola yozishi kerak. Savolim shundan iboratki shu maqolani yozish uchun 100ming so‘m atrofida pul sarflash kerak ekan, bu ish qimor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 100.000 nima uchun sarf qilinadi? Agar boshqalarga yozdirib, so‘ngra o‘z nomidan nashr qildirish uchun bo‘lsa joiz emas. Agar maqolani o‘z mehnati bilan yozib, so‘ngra biror pullik to‘plam yoki jurnalda chop qilish uchun sarf qilsa joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar