Hayvonning harom a’zolari
Hurmatli ustoz sizni qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Savolimiz, so‘yilgan hayvonning qaysi a’zolari harom hisoblanadi. Alloh barchamizni ikki dunyoda ham saodatli qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- So‘yilgan hayvonning eyish harom bo‘lgan narsalari:Hanafiy mazhabi bo‘yicha, so‘yilgan barcha hayvonlardan quyidagi narsalarni emoq haromdir:1. Erkak hayvonning zakari.2. Erkak hayvonning ikki moyagi.3. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi.4. Hayvondagi bez.5. Hayvondan oqqan qon.6. O‘t pufak.7. Umurtqa orasidagi harom mag‘z.Chunki Alloh taolo «A’rof» surasida Payg‘ambarimiz alayhissalomni vasf qilaroq:«Ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan», degan. Mazkur etti narsa ham nopok narsalardir.Mujohid roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur etti narsani emoqdan qaytarganlar.
1 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom