Ayolga kimlar mahram?
Assalomu alaykum! Men 1yil oldin Allohni amri bilan hijob o‘radim. Uyda qaynim bilan yashaymiz. Qaynog‘alarim kelganda ham uy ichida boshyalang uy kiyimida yoki kichik romolni orqadan o‘rab yuraman. Chunki erning aka ukalari yarim mahram deb eshitgandim. Nikoh ko‘tarilsa nomahramga aylanadi deb eshitgandim. Otamni uyiga borganimda ham qarondoshlar yig‘ilsa amaki ammamni o‘g‘illari oldida ham boshyalang o‘tiraman. Boshqa manbada qayni qaynog‘alar, amma xolaning o‘g‘li ham nomahram deb eshitdim. Juda ikkilanib qoldim iltimos yordam bering. Qaynim, qaynog‘am amma-xolam amakimni o‘g‘li ham menga nomahrammi? Katta ro‘molni oldidan o‘rab begona erkaklarga qanday ko‘rinsam shunday ko‘rinishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Erning aka ukalari yarim mahram” degan gap yo‘q. Siz aytgan insonlarni hammasi nomahram.عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ. فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: الْحَمْوُ الْمَوْتُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayollarning oldiga kirishdan ehtiyot bo‘ling!» dedilar.
Shunda bir odam:
«Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.
«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u zot».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech bo‘lmaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Uyda mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bunday holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas.
Ba’zi birlar da’vo qilganlaridek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan, «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ular do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman, boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi?
Ba’zi bir kishilar «Uyga erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi. Zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotinning oldiga kirsa nima bo‘ldi?» deyishadi.
Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U zot bu ish o‘lim bilan barobar ekanligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, bu ihoyatda xatarli ish, debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas.
Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygan yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 192 | Oila va turmush