Homilador ayolga taloq tushadimi?
Assalomu alaykum! 1). Homilador ayolga taloq tushadimi? 2). Homilasi tug‘ilmay, ona qornida nobud bo‘lgan bo‘lsa iddasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tushadi.
2). Homilaga qaraladi. Ortidan keladigan qonni hayzga hukm qilinsa uch hayz. Nifosga hukm qilinsa bola tushishi bilan idda tugaydi. SAVOL: Bola tushib qolsa, yoki biror sabab bo‘lib tushirilsa, ayol nifos qoni ko‘ruvchiga aylanadimi?
JAVOB: Buning uchta surati bor:
1. Mustabiynul xilqa: hamma yoki soch, tirnoq, barmoq, oyoq-qo‘l kabi ba’zi a’zolari zohir bo‘lgan chaqaloq. Uning hukmi-tirik tug‘ilgan bola kabi bo‘lib, undan keyin kelgan qon nifos bo‘ladi. Homila tufayli iddada o‘tirgan ayolning iddasi tugaydi. “Agar bola tuqsang taloqsan”, deb bola tug‘ishga ta’alluqli qilingan bo‘lsa, taloq voqe’ bo‘ladi.
2. G‘oyri Mustabiynal xilqa: birorta ham a’zosi zohir bo‘lmagan homila. Uning hukmi-undan keyin kelgan qon nifos qoni bo‘lmaydi. Agar o‘sha qon hayz nisobicha, ya’ni eng kami uch kechayu uch kunduz davom etsa va shu qon kelishidan avval ayol eng kami o‘n besh kun pok bo‘lgan bo‘lsa, hayzdir. Agar bu shartlardan birortasi topilmasa, istihoza qoni hisoblanadi.
3. Mushtabihul xilqa: a’zosi zohir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi ma’lum bo‘lmagan homila. Uning hukmi-agar homila to‘rt oy, ya’ni 120 kun yoki undan ko‘proq muddatda tushib qolsa, undan keyingi qonni nifosga hukm qilinadi. Agar eng kami to‘rt oydan kamrog‘ida tushib qolgan bo‘lsa, yuqoridagi kabi hayzning shartlari topilsa hayz, topilmasa istihozaga hukm qilinadi.
Agar homilasi tushgan ayol homilasi qanchaligini bilmasa, bir ayol har oydan hayz odati 10 kun, pokligi 20 kun bo‘lsa, nifos qonidan esa odati 40 kun bo‘lsa, yuqoridagidek homila qanchaligini bilinmagan homila tushib qolsa, buning ikki surati bordir:
a) odatda hayz ko‘radigan kunlarining birinchisida sodir bo‘lsa, 10 kun namozini qoldiradi. Chunki bu kunlarda ikki ehtimol bor: hayz yoki nifos bo‘lishi. (ya’ni a’zolari zohir bo‘lgan homila bo‘lganida bu kun nifosga hukm qilinardi, zohir bo‘lmaganda hayzga hukm qilinardi, ikkisida ham namoz va ro‘zalar soqit bo‘lardi) 10 kun bo‘lgach, hayzdan pok bo‘lganligining ehtimolidan g‘usl qilib oladi. 20 kun tahorat bilan namoz o‘qiyveradi. Bu hukm qon to‘xtamay davom etganda joriy bo‘ladi
b) odatda hayz ko‘radigan kunlari o‘tgandan keyin sodir bo‘lsa, 20 kunga qadar tahorat bilan namoz o‘qiyveradi. Chunki bu kunlarda ayol pok bo‘lishi kerak edi yoki nifos ko‘rgan bo‘lishining ehtimoli bor. Shuning uchun tahorat qilib namoz o‘qiyveradi.
Xulosa shuki, qaysi kunlarning hayz yoki nifosligi aniiq bo‘lsa, namoz va ro‘zalarni to‘xtatib turad. Qaysi kunlar hayz yoki poklik va nifos yoki poklik bo‘lgan kunlarda shak bilan namoz o‘qiyveradi. (Ahkomi hayz, nifos va istihoza). وَسِقْطٌ ظَهَرَ بَعْضُ خَلْقِهِ كَيَدٍ أَوْ رِجْلٍ أَوْ أُصْبُعٍ أَوْ ظُفُرٍ أَوْ شَعْرٍ ، وَلَا يَسْتَبِينُ خَلْقُهُ إلَّا بَعْدَ مِائَةٍ وَعِشْرِينَ يَوْمًا وَلَدٌ حُكْمًا فَتَصِيرُ الْمَرْأَةُ بِهِ نُفَسَاءَ وَالْأَمَةُ أُمَّ وَلَدٍ وَيَحْنَثُ بِهِ فِي تَعْلِيقِهِ وَتَنْقَضِي بِهِ الْعِدَّةُ ، فَإِنْ لَمْ يَظْهَرْ لَهُ شَيْءٌ فَلَيْسَ بِشَيْءٍ ، وَالْمَرْئِيُّ حَيْضٌ إنْ دَامَ ثَلَاثًا وَتَقَدَّمَهُ طُهْرٌ تَامٌّ وَإِلَّا اسْتِحَاضَةٌ Homila tushib qolganda qaraladi agar uning qo‘l, oyoq, barmoq, tirnoq yoki soch kabi biror a’zosi odam a’zosi kabi bo‘lsa, bunday bo‘lishi bir yuz yigirma kunda bo‘ladi (ba’zilar esa undan avvalroq ham bo‘ladi deyishadi) uni bolaga hukm qilinib, g‘usl qildiriladi va unga ism qo‘yilib, janoza o‘qilmasdan dafn qilinadi. Onasi nifos qonini ko‘ruvchiga aylanadi. Agar uningdek a’zolari zohir bo‘lmasa, bolaga hukm qilinmaydi va uning ortidan kelgan qon kami uch kun davom etsa va bu voqea sodir bo‘lishidan avval kami o‘n besh kun pok bo‘lgan bo‘lsa, u hayz qonidir. Shuning uchun namoz soqit bo‘lib, ro‘zani boshqa kunga kechiktiradi. Agar yuqoridagi a’zolari zohir bo‘lish, homila tushib qolishdan avval o‘n besh kun pok bo‘lish va keyingi kelgan qon uch kungacha davom etish shartlaridan birortasi topilmasa, istexoza qoni bo‘lib, namoz ham soqit bo‘lmaydi, ro‘zani ham kechiktirmaydi. (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 581 | Oila va turmush