Universitetdagi xolat

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men universitetda arxitektura yo‘nalishida o‘qiyman. Bizga vazifa qilib xar xil chizmalarni berishadi. Mendan talabalar ma’lum xaq evaziga shu chizmalarni chizib berishimni so‘rashadi. Savol: Agar domla chizmani kim chizganini bilmasdan qabul qilsa (talaba boshqa odamga chizdirganini bilsa xam indamagan paytlar bo‘lgan) u pullar menga xalol bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh sizni va bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!Yordam berish boshqa, lekin to‘laligicha chizib berish bu noto‘g‘ri. Sizni sohangizda katta ahamiyat kasb qilmas balki, lekin tibbiyot kabi inson hayotiga bog‘liq fanlarda ko‘p holatlarda ilmsizlik odamning hayotiga ham zomin bo‘lmoqda. Minglab pullar behudaga sovurishga sabab bo‘lmoqda. Shariatda qilingan har bir zarracha zararni to‘lov-tovoni bor. Bu dunyoda to‘lanmay qolsa oxiratda to‘lamasdan iloji yo‘q. Shu kabi ishlarga sababchi bo‘lishdan saqlanish kerak. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 153 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar