yo‘qolgan inson haqida
Assalomu alaykum ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari. Siz aziz ustozga o‘z tashakkurimni bildirgan holda maktub yo‘llamoqdaman. Alloh taoloning o‘zi siz muhtaram ustozimizni dunyo va ohiratda qo‘llasin. Bundan 4 oy muqaddam otamiz, y‘ani dadamning padari buzrkvorlari bedarak yo‘qolganlar. Shuncha vaqtdan beri qidiruvlarimizdan biro natija chiiqmadi, Otamni biror kishi ko‘rdim degani yo‘q. Uy oldidan katta suv oqib o‘tadi. Shu joyga o‘zlarini tashladimikan degan hayoldamiz. Ammo u erdan topilgani yo‘q. O‘zlari ibodatli odam edilar. Umra safariga ham borib kelganlar. Ancha yillardan beri betob edilar. Kasallari jismoniy emas ruhiy bo‘lib, kechalari uhlay olmas edilar. Yo‘qlishlaridan avval namozlarini ham o‘qiy olmay qoldilar. Namozga tursalar hushlaridan ketib qolaverganlar. Yo‘qolgan inson haqida bir oz ma‘lumotga egamiz. Ammo hususiy holga kelganda oylanib turibmiz. Shu munosabat bilan siz muhtaram ustozga savollar bilan murojat qilishga ijozat bergaysiz. 1. Otam o‘zlarini suvga tashlagan bo‘lsalar jonlariga qasd qilgan hisoblanadimi? 2. Qidirishni qancha vaqt davom ettiraylik? 3. Ularga qanday munosabatta bo‘laylik? 4. Uydagi ortidan qolganlar biror ma‘raka qilaylik deb aytmoqdalar, u qanday bo‘lishi lozim? 5. Yo‘qolgan insonlar haqidagi hukmlar qanday? Sizga muhtaram insonga savol berish katta masu‘liyatligini his qilib turibman. Savolimda hatoliklar bo‘lsa ma‘zur tutasiz degan umidaman. Otam haqlariga duo qilishingizni o‘tinib so‘rayman. Hurmat ehtirom ila talaba Sobirov Dilmurod
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
YO‘QOLGAN ShAXS HAQIDA U daraksiz g‘oyib bo‘lgan odam bo‘lib, o‘zi haqida tirik hisoblanadi. Yaqinlari iloji boricha izlab qaerdaligini, o‘lik - tirigini bilib bo‘lmagan shaxs yo‘qolgan hisoblanadi. Bu shaxs o‘ziga oid hukmlarda tirik hisoblanadi. Shunga binoan,Uning xotini nikohlanmaydi, moli taqsimlanmaydi va ijarasi buzilmaydi.Qozi uning haqini olib, molini saqlaydigan odam ta’yin qiladi. Buzilib qolishi xavfi bor narsasini sotadi va bolasiga, ota-onasiga va ahli ayoliga nafaqa beradi.Yo‘qolgan shaxs o‘zidan boshqaning haqida o‘likdir. U o‘zidan boshqadan meros olmaydi. Ya’ni, uning o‘z meros qoldiruvchisi molidan bo‘lgan haqi to‘qson yilga muzlatib qo‘yiladi. Agar u tirik bo‘lsa o‘sha narsani oladi. To‘qson yildan keyin uning o‘lgani haqida hukm qilinadi. Muddat to‘lgan kuni ayoli vafot iddasini boshlaydi va moli o‘sha paytda uning merosiga haqdorlar orasida taqsimlanadi.Bunda yo‘qolgan kishining tug‘ilganiga to‘qson yil to‘lishi ko‘zda tutilgan.Undan boshqaning moli haqida yo‘qolgan kunidan boshlab o‘lgan hisoblanadi. Bas, uning uchun vaqf qilingan mol, o‘sha undan boshqa kishi o‘lganda merosini oladiganlarga qaytariladi.
5 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar