Riboga kirib qoladimi?

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan kassalik gapimiz bor. Qaysi do‘stimiz farzandlik bo‘lsa o‘sha oshnamiz mehmon qiladi hammamizni va o‘rtada kassamiz bor ya’ni televizor olib beramiz pul yig‘ib. (Bir xil brenddagi va o‘lchamdagi TV ni kelishib olganimiz). Televizor Narxi yildan yilga ko‘tarilib boradi. Shuning uchun har safar har xil summadan tushadi. (misol: bir safar 130 mingdan tushsa, keyingi do‘stimiz farzandlik bo‘lguncha 140 mingdan tushishi mumkin kishi boshiga). Savolim shuki: yaqinda farzandlik bo‘ldim, men ham do‘stlarimni mehmon qilmoqchiman va ular ham TV olib berishi kerak lekin menga TV kerak emas. Shuni o‘rniga TV ni pulini olsam bo‘ladimi (o‘sha kunda bozorda TV necha sum tursa) boshqa ehtiyojimizga sarf qilgani? Riboga kirib qolmaydimi? Chunki mendan avvalgilarga aytaylik TV 1.5 millionga olingan bo‘lsa, hozirda o‘sha TV lar 1.8 million so‘m bo‘lishi mumkin. 2) Agar yuqoridagi Savolimga javob joiz emas bo‘lsa, o‘sha TV ni olib keyingi do‘stimiz farzandlik bo‘lganda o‘sha o‘zimni TV imni berib yig‘ilgan pulni o‘zim olsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Televizorni olib keyingi sherigingizga sotib yuboraverasiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar