Mayyitga munosabat

Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh taolo qilayotgan hayrli ishlaringizni ajr-savobini ko‘paytirib bersin savol quyidagi savol javob ga va ushbu savol javob bo‘yicha bir Qori ustozimizdan so‘ragan savollarga bergan javoblariga bog‘liq YoRDAM MA’NOSI @Savollar_kanal 7463-savol Assalomu alaykum! Chet elga ishlashga borgan vatandoshlarimiz taqdir taqazosi bilan vafot topsalar, mayyitni vataniga jo‘natish va kasalxona harajatlari uchun katta miqdorda pul sarf bo‘ladi. Shunga qilingan moddiy yordamni qanday maqsadda qilish yaxshiroq? Sadaqami, ehsonmi yoki beg‘araz yordam? Savob umid qilsa bo‘ladimi? JAVOB: Va alaykum assalom! Kishi qaerda vafot topsa uni o‘sha joyga dafn qilinadi. Dunyoning har bir joyida qaysidir zamonlarda o‘tgan mo‘minlarning jasadlari bor. Mayyitni shahar yoki qishloq tashqarisidagi qabristongacha olib borishga ruxsat beriladi. Undan uzog‘iga olib borishdan shariat qattiq qaytaradi. Xususan hozirgi kunlarimizda sodir bo‘lib turgan boshqa mamlakatdan o‘z mamlakatiga jasadni olib borish umuman joiz emas. Bunda shariatning juda ko‘p qaytariqlarini buzgan bo‘ladi. 1). Shariat mayyitni tezlik bilan dafn qilishga buyurgan. Bunda esa bir necha kunga kechiktirish bor. 2). Mayyitni muzxonaga qo‘yib, unga azob berish bor. Bu esa qattiq gunoh hisoblanadi. 3). Ko‘p holatlarda mayyit yo‘lda uzoq qolib, hidlanib, jasad chiriy boshlab, unga janoza o‘qilmaydigan holatga kelib qolishi bor. Bu ish qodir bo‘la turib, farzni tark qilishdir. Mayyitga janoza o‘qish farzi kifoyadir. Bunday jasadga esa janoza o‘qilmaydi. O‘qilgan taqdirda ham o‘quvchilar gunohkor bo‘lishadi. 4). Mayyitni vataniga jo‘natish uchun qilinadigan sarf-harajatning barchasi isrof bo‘lib, shariat isrofni harom qilgan. Bu holatda hissa qo‘shganlar savob olish o‘rniga gunohkor bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bu kabi shariat qaytargan ishlarni bir nechasiga qo‘l urgandan ko‘ra, vafot topishi bilan eng yaqin bo‘lgan musulmonlar qabristoniga ko‘mish kerak. Odatda kishilar mayyitni vataniga olib kelishdan goh-gohida uning qabrini ziyorat qilishni  maqsad qiladilar xolos. Qabrlarni ziyorat qilish mustahab amaldir. Shu bir mustahabni deb bir necha harom ishlarga qo‘l urilgan bo‘ladi. Bu jaholatdan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam! Endi ushbu savol javob borasidagi Qori ustozimiz va mening savol javoblarim Men: Qori Aka hozir shunaqa holatlar uchrayapti lekin ularga janoza namoz o‘qilyapti shundaymi qishlog‘imizda yoki o‘qilmayaptimi Qori ustozimiz.: Jasad chirib achib qolmayaptida. Shunga uqilyapti. Men: Hozir qishdami Yoki umumiy har fasldami Qori ustozimiz.: Har faslda morg bor. Muzlatib turadi. Egalariga aytingchi unarmikin. Hechkimmi boshiga tushmasin. Men: Ha tushmasin Lekin muzlatish mayyitga azob beriladi deyilganiga so‘ragandim Qori ustozimiz: Bu erga opkelishdan kora u erda musulmon mozor topib quyish ancha mushkul ish. Men: To‘g‘ri Ilojsizlikdan olib kelinarkanda Rahmat Qori ustozimiz.: Wunaqada. Qiyin masala Kareyada kuryapsizku mozoriga quymay yoqib yuboryapti. Bizi pulga 100-150mln ekan qabr narhi Men: Uyoqlarda joy etarlimasda Qori ustozimiz.: Shuda. Bizda hoz zurga kovlayapti qabrni. Rossiyada kim kovlab beradi. Samsung chuqur kovlab turpoq qa kumib chuqurga bilmadim. Shunga mushkul narsa Men: Chet elda ham samsung shunaqalarda qabr kovlayapti ekan Qori ustozimiz.: Shuda Men: Tv da ham ko‘rsatdi Savol javob tugadi! Kecha qo‘shnimiz Rossiyada vafot etdilar,mayyitni olib kelishga 1 hafta vaqt ketarkan shunga bu ish joizmi yoki joizmasmi deb so‘ramoqchi edim, yana Qori ustozimizga savol bergani hijolat qildim sizlardan to‘liq ma’lumot olaman deb ya’ni Kishi musofirlikda vafot topsa lekin o‘sha erga dafn qilish harajatlari ko‘pligi va er tanqis va qabr qazish ham ko‘proq harajat talab qilishi mumkin ekan shunga yurtimizga olib kelinyapti dedilar va janoza ham o‘qilyapti dedilar. Shu yuqoridagilarni umumlashtirib Javob berishingizni umid qilib qolaman, noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr chunki 7463-savol ning javob qismidagi 3qism ga binoan Bunday jasadga esa janoza o‘qilmaydi. O‘qilgan taqdirda ham o‘quvchilar gunohkor bo‘lishadi. Men ham Qori ustozimiz gaplariga kirgan holda mayyitlar chirib hidlanib ketmas ekan deb janoza namozlarida qatnashishim mumkin yoki baribir mumkin emasmi deb sizlardan so‘ramoqchi edim. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz ham o‘sha kelayotgan o‘liklarni ko‘rayapmiz. Dunyoning hamma mamlakatida musulmonlar bor. Ular shariatga muvofiq mayyitni ko‘mishmoqda. Shunga yarasha go‘rkovi ham g‘assoli ham imom ham jamoati ham bor. Bu aniqki o‘sha musulmonlar safida ko‘mib qo‘yish bu erga olib kelib sudrab yurishdan arzon. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar