Kasalxonadagi ibodatlar

Assalomu alaykum! Hozir kasalxonadaman. Engashishga qiynalaman tahoratniku amallab qilayapman, lekin namozni o‘tirib o‘qiyapman. O‘zim stulda o‘tirgan holda, stolga sajda qilib o‘qiyapman. Bunda tursagim havoda qolyapti. Bu vaziyatda sajdada tirsak tegib turmasa ham bo‘ladimi? 2). Kasalxonada mobil ilova orqali qiblani topdim. Ba’zida chap burchakni, ba’zida to‘g‘rini ko‘rsatyapti. Men biroz chapga qiyalatib o‘qiyapman. Bunda namozlarim ado bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ishora qilib o‘qiganda peshona tegmasa ham bo‘ladi. 2). Yon atrofingizdagilardan yordam so‘rang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar