O‘qilmagan namoz fidyasi

Assalomu alaykum! Onam rahmatli buvimning qoldirilgan namozlarini fidyasini to‘lamoqchilar. Saytdan izlanib har bir vaqt uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) puli to‘lanishini bildik. Endi shu pullarni onam aka opalariga, ya’ni rahmatli buvimning farzandlariga berishi mumkinmi? Ularning oilalari ham nochor ahvolda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas, begonalarga berish kerak. Fidya va kafforotning miqdori bir vaqt namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati. Bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:04 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar