Haqiqat

Assalomu alaykum! Bir do‘stim savol so‘ragandi: Dunyoda turli dinlar bor. Asl haqiqat unchalik aniq emasdirki, Islom va Xristian dini o‘rtasida to‘siq bor. Xudo bo‘lsa yagona. Savolim - biror inson asl haqiqatni qanday anglab etishi zarur? Yanikim, din tanlashda yaqinidagilar qaysi dinda bo‘lsa o‘sha dinga e’tiqod qilmog‘i lozimmi yoki bor vaqtini dinlar tarixini o‘rganib, haqiqatni izlab topishga sarflashi kerakmi? Har bir din ulamolari albatta o‘z dinini to‘g‘ri deb bilishadi, lekin asl haqiqatni qanday anglash mumkin? Shu borada yordam berishingizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’on va uning tafsirini o‘qisangiz bo‘ldi. Uzundun uzoq tarixni o‘qishga hojat yo‘q. G‘ayridinlar ham Qur’on o‘qib islomni qabul qilishmoqda. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:47 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar