Jannatda odamlarni qanoti bo‘ladi deb xulosa qilish
Assalomu alaykum! Bir ustozning ma’ruzasiga binoan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jafar ibn Abu Tolibning jannatda ikki qanoti bor bo‘ladi dedilar. Shundan xulosa qilib jannatda odamlarning qanoti bo‘ladi deb xulosa qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kishining ikki qo‘llari Mu’ta g‘azotida kofirlar tomonidan kesib tashlangan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam evaziga ikki qanot berilganini aytganlar. Jannat va undagi ne’matlar inson aqliga sig‘adigan darajada emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima deb xabar bergan bo‘lsalar biz uni tan olamiz va haqligiga iymon keltiramiz. عَنِ الشَّعْبِيِّ: أَنَّ ابْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا كَانَ إِذَا سَلَّمَ عَلَى ابْنِ جَعْفَرٍ قَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكَ يَا ابْنَ ذِي الْجَنَاحَيْنِ Sha’biydan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umar roziyallohu anhumo Ja’farning o‘g‘liga salom bersa: «Salom senga, ey qo‘shqanotning* o‘g‘li!» der edi».
Ma’lumki, Ja’far roziyallohu anhu Mu’ta jangida ikki qo‘lidan ajrab, shahid bo‘lgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqda: «Alloh Ja’farga Mu’tada kesilgan ikki qo‘li evaziga ikki qanot berdi. Uning jannatda farishtalar bilan birga uchayotganini ko‘rdim», deb mujda berganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ اللهُ: أَعْدَدْتُ لِعِبَادِيَ الصَّالِحِينَ مَا لَا عَيْنَ رَأَتْ، وَلَا أُذُنَ سَمِعَتْ، وَلَا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بَشَرٍ، فَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ: فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّا أُخْفِيَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh: «Solih bandalarimga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, biror insonning ko‘ngliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘yganman», dedi. Xohlasangiz, «Bas, hech bir jon ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘z quvonchlarini bilmas»ni o‘qing»(“Sajda” surasi 17-oyat), dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar