Xo‘roz qichqirsa

Assalomu alaykum! Xo‘roz qichqirganda duo qiling chunki unga farishta ko‘ringanda qichqiradi degan xadis bor ekan. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sahih. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِذَا سَمِعْتُمْ صِيَاحَ الدِّيَكَةِ فَاسْأَلُوا اللهَ مِنْ فَضْلِهِ، فَإِنَّهَا رَأَتْ مَلَكًا، وَإِذَا سَمِعْتُمْ نَهِيقَ الْحِمَارِ فَتَعَوَّذُوا بِاللهِ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِنَّهُ رَأَى شَيْطَانًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘rozning qichqirig‘ini eshitsangiz, Allohning fazlidan so‘rang, chunki u farishtani ko‘rgan bo‘ladi. Eshakning hangrashini eshitsangiz, Allohdan shayton(ning sharri)dan panoh so‘rang, chunki u shaytonni ko‘rgan bo‘ladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar