Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, javob uchun avvaldan rahmat. Ho‘jayinim bilan urishib qolgandik. Man uyimga ketishga taraddudlandim. Ketayotganimda “agar bugun shu eshikdan chiqib ketsang, oramiz ochiq bo‘ladi” degandila. Bundan keyin nikoh o‘qittirib yashadik, ma’lum fursatdan keyin “sanga javob” deb aytdila, lekin uyimga ketmadim. Unda ham nikoh o‘qitib yashadik, yana ma’lum fursatdan keyin oilaviy nizolar sabab «bugundan taloqsan» deb qog‘ozga yozib berdila, uni o‘qidim va uyimga ketdim. Undan keyin nima qilib qo‘yganlarini tushunib afsus chekdilar. Chunki ikki farzandimiz bor. Imomlar bilan gaplashibdilar. Birinchi aytgan «oramiz ochiladi» deb aytganlarida kelasi zamon fe’lida aytilgani uchun taloq tushmagan deb aytibdilar. Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “bugun shu eshikdan chiqib ketsang, oramiz ochiq bo‘ladi” degandan keyin o‘sha kuni chiqib ketgan bo‘lsangiz sizga taloq tushgan hisoblanadi. Bu kabi masalalar tomonlarning ishtirokidagi jonli majlisda hal qilinadi. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga uchranglar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush