Nomaxram kelinlar bilan birga o‘tirish

Assalomu alaykum! Bizni oilamiz katta men va ikkita ukam va bitta Singlim xammamiz oilalikmiz. Uyda Ota onam xayotlar Alxamdulillax. Men katta farzandman lekin mendan keyingi ukam mexmonga kelmaydi nega kelmaysan desam kelinoyim menga nomaxram men Bir xontaxta atrofida utirmayman deydi lekin xammamiz Ota onam xam birga jamlanamiz. Ukam fakat janozadan boshka eginlarni egishtirib kuygan. Shu uchun onam ukamdan xafa bulyaptilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom dini engillik dini. Odamlar o‘zilari murakkablashtirib oladilar. Ikki taraf ham bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, shu kabi holat yuzaga kelmaydi. Ukangizning gapi to‘g‘ri. Ayolingiz u uchun nomahram. Ayolingiz avrati to‘silgan bo‘lsa, o‘tirishi joiz. Shu holatda ham kelmayman desa, noto‘g‘ri ish qilibdi. Ota-onasini ranjitish durust emas. Agar ayolingiz to‘silgan bo‘lmasa, ukangiz kelganida avrat joylarini berkitib olishini chiroyli qilib tushuntiring. Ukangiz ham kelib o‘tirishiga sharoit yarating. Bu avvalo Allohning hukmi, faqat ukangizga tegishli emas, balki hamma nomahram erkaklarga tegishli. Shunday qilsangiz muammo o‘z-o‘zidan echilib ketadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar