Rasmli mahsulotlar savdosi

Assalomu alaykum! Men savdo-sotiq bilan shug‘ullanaman. Mahsulotlarim orasida har-hil rasmlar (ayollarning rasmi ham) tushirilgan mahsulotlar bor. Masalan yosh bolalar uchun mo‘ljallangan "kashalar". Unda ona-bolaning rasmi bor. Savol: shunday mahsulotlarni sotsam, kimdir bu ayolning rasmini ko‘rib ko‘nglida fitna uyg‘onsa men ham shu mahsulotni sotganim uchun gunohga sherik bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ularda rasm maqsad emas, ichidagi masuloti maqsad. Savdosi joiz. Rasm tushirilgan kiyimlarni savdosi joiz emas. Chunki ularda kiyim bilan birga rasm ham maqsad qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar