Zam surada orada bitta sura tashlab ketish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tarovex namozidan keyin vitr namozini jamoat bo‘lib masjidimiz imomi imomligida o‘qiyotganimizda Nasr surasidan keyin Ixlos surasini zam sura qildilar, o‘zlari ilmli insonlar, o‘zlaridan so‘rash noqulay tuyuldi. Vojib va sunnat namozlarda bir sura tashlab o‘tib tilovat qilish mumkinmi? Xech kim bilan tortishish yo boshqa niyatda emas, maqsadimiz ilm o‘rganish.Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tashlab ketish makruhi tanzihiy. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar