Islom dinidan oldingi dinlar

Assalomu alaykum! Avvalo bilimsizligim uchun uzr so‘rayman. Men bir savolga bergan javoblaringizdagi jumlaga tushunmadim. Ya’ni: "Islom dini o‘zidan oldingi dinlarni tan oladi". Savolim shuki, Islom dinidan oldin xam dinlar bo‘lganmi? Islom dini kurrai zamin paydo bo‘lgandan beri mavjud emasmi? Dunyodagi yagona xaqiqiy din Islom emasmi va nima uchun unda Islom yaxudiy va masixiy dinlarini tan oladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz ommaning aqliga yarasha qilib javob berganmiz. Omma Islom dini desa faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari dinini tushunishadi. Aslida Odam alayhissalomning dini ham u kishidan keyingi barchasini ham dini Islom bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar