Alloh uchun yomon ko‘rish

Assalomu alaykum! Bir ilmli tanishim bir maruzada eshitibti Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish kerak deb va menga ayttiki namoz o‘qimaydiganlarni umuman olganda Allohni buyruklarini bajarmayotganlarni Alloh uchun yomon ko‘rish kerak savob bo‘ldai dedi. Men aka Alloh uchun yomon ko‘rish musulmonlar uchun bo‘lmasa kerak chunki insondi o‘zini yomon ko‘rib bo‘lmaydi uning yomon amallarinigina yomon ko‘rishga xaqqimiz bor dedim. So‘rab ko‘ring biror bir ilmlidan deb xam ayttim. Musulmonlarni xam yomon ko‘rsa bo‘ladimi Alloh uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insoniyatni yomon ko‘rib bo‘lmaydi. Uni zotidan nafratlanish joiz emas. Uni qilgan ma’siyatlari va gunohlarini ko‘rib nasihat qilib, qilmaslikka ibrat olish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:29 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar