Bola pulini hukmi

Assalomu alaykum! Xolamning iltimosiga binoan beryapman. Meni kelinim bor 3ta farzandli bo‘lganda xam bolani suyunchi pulini men olganman. Oilamizdagi pul o‘rtada bo‘lganligi uchun. Oilamizga ishlatilgan bu pulni aynan nimaga sarflanganini eslolmayman lekin oilamiz ichida ishlatilgan. Nabiralarimga xam nimadir obergan bo‘lishim kerak. Bu pullar to‘g‘ri sarflangan deya olamanmi. Ya’ni nabiralarimni yoki kelinni xaqqini eb qo‘ygan bo‘lmaymanmi? Kelinni xam roziligi olinmagan shunchaki bu uyda pul o‘rtada turadi ya’ni menda degan oilamiz qoidasiga asosan ish tutganman. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsating menga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani suyunchi puli onaga beriladi va bu uning haqqi hisoblanadi. Qancha olgan bo‘lsangiz o‘sha paytda o‘sha pullarga necha gramm tilla kelsa shuni hisoblab o‘shancha tilla yoki uni qiymatini bering. Olsa olsin, yo‘q kechdim roziman desa o‘zingizda qolaveradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar