Vafot etgan odamga qo‘y so‘yish
Assalomu alaykum! Meni bir muammo qiynamoqda. Vafot etgan insonga atab 3 ta qo‘y so‘yish dinimizda ko‘rsatilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda o‘tganlarga atab jonliq so‘yish degan gap yo‘q. Balki qilingan amallarning savobini o‘tganlarga bag‘ishlash bor. Qurbonlik qilishi vojib kishi uning savobini o‘tganlarga bag‘ishlamaydi, chunki bu zimmasidagi vazifasidir. Balki boshqa bir jonliqning o‘tganlarning nomidan so‘yib, o‘shaning savobini ularga bag‘ishlaydi. Siz o‘zingiz qurbonlik qilishingiz vojib bo‘lsa, bitta qo‘yni o‘sha vojib qurbonlik uchun so‘yishingiz kerak. Qolgan ikkitasini o‘tganlaringizning qaysi birining nomidan so‘ysangiz bo‘laveradi. Agar molingiz nisobga etmagan bo‘lsa, uchta qo‘yning hammaini o‘tganlaringizning nomida so‘sangiz bo‘ladi. Bir kishining nomidan bir nechta so‘ysangiz ham joiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar