Yaxshi o‘qishdan garov
Assalomu alaykum! Men Janubiy Koreada bakalavrda 4-kurs talabasiman. O‘qish boshlanishidan oldin o‘rtog‘im bilan kelishib kim bu o‘quv yilida darslarni o‘rtacha bahosini 4 yoki undan yuqoriga tamomlasa(eng yuqori baho 4.5) soat olib beramiz deb kelishdik. Ikkimiz ham yuqori tamomlasak ikkimiz ham bir birimizga olib beradigon yoki o‘rtog‘im 4ga yakunlasa meniki 4ga etmasa faqat men olib beraman yo‘qsa aksincha. O‘quv yili tugagach, meni baholarim o‘rtachasi 4dan yuqori bo‘ldi, o‘rtog‘imniki esa 4dan past. Shuning uchun u hozir menga soat olib bermoqchi. Lekin o‘zimda biroz shubha bor. Shu qilayotgan ishimiz halolmi yoki harom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu joiz emas. Shariatda qimor joiz bo‘lmaganidek garov o‘ynash ham joiz emas. Sizlarniki garov bog‘lashga kiradi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom