Kasb sirini sir tutishlik

Assalomu alaykum! 1. Agar olimni oldiga borib biror u biladigan narsani so‘ralsa u javob bermasa o‘sha olim bu ishi uchun qiyomatda javob beradi degan gapni eshitgandim. Olimmasman, lekin mijozlarim “buni qanday qildiz” deb so‘rasa ba’zan aldavoraman, ba’zan aytgim kelmaydi. Bu ishimning siri. Uni mehnat qilib, kerak bo‘lsa pul sarf qilib o‘rganganman. Shunga to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligiga fikringizni bilmoqchiman. 2. Bir og‘aynim tijorat bilan shug‘ullanadi. U sotayotgan narsalar ichida din taqiqlagan narsalar ham bor. Unga “kitob o‘qi bularni sotishing mumkinmas”, desam, u “shu ko‘p kitob o‘qisam keyin ko‘p narsalar sotolmay yoki ko‘p narsalar qilolmay qolishimdan qo‘rqib kitob o‘qimayman” deb javob berdi. Bu haqda ham fikringizni bilmoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Yolg‘on gapirish joiz emas. Kasbini sirini aytgisi kelmasa, aytmasin. Ammo yolg‘on gapirmasin.
2). Har hunar egasi o‘zining kasbi uchun kerak bo‘ladigan miqdorda ilmini o‘rganishi vojib. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar