Qiroatda xatolik

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, Alloh taolo dinimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan barcha ishlaringizni bardavom qilsin, ajru-savobalrini ziyoda qilsin. Men namozda “Zuho” surasining 10-oyati dagi “fala tanhar” kalimasidagi “fa” harfi o‘rniga adashib “vov” harfini qo‘yib xato qiroat qilibman (tajvid bilan). Keyin Mushafdan qarasam “fala tanhar” yozilgan ekan. Mazkur holatda namozim buzilmaydimi? Javob uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 141 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar