Paqqilloq sotish mumkinmi

Assalomu alaykum! Paqqilloq perotexnika vositalaridan foydalansa bo‘ladimi? Ularni savdosi bilan shug‘illanish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Hadisda:  عَنِ ابْنِ سِيرِينَ، سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، يَقُولُ: قَالَ أَبُو الْقَاسِمِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ أَشَارَ إِلَى أَخِيهِ بِحَدِيدَةٍ، فَإِنَّ الْمَلَائِكَةَ تَلْعَنُهُ، حَتَّى يَدَعَهُ وَإِنْ كَانَ أَخَاهُ لِأَبِيهِ وَأُمِّهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abul Qosim sollallohu alayhi vasallam: «Kim birodariga – garchi o‘sha kishi ota bir yoki ona bir inisi bo‘lsa ham – temir (qurol) o‘qtalsa, farishtalar uni la’natlaydi», dedilar». deyilgan.
Imom munoviy “Fayzul Qodir” kitoblarida “Musulmon kishini qo‘rqitish qattiq harom” deganlar.  وعن عبد الرحمن بن أبي ليلى رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : حدثنا أصحاب محمد صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أنهم كانوا يسيرون مع النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فنام رجل منهم فانطلق بعضهم إلى حبل منعه فأخذه ففزع ، فقال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل لمسلم أن يروع مسلما ، رواه أبو داود ، وأحمد Abdurahmon ibn Abiy Laylo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari hadis so‘zlar aytdilarki, ular bir bor Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan safarda ekanliklarida ulardan bo‘lgan bir kishi uxlab qolibdi. Boshqa biri borib uning arqonini tortibdi. Bundan u kishi qo‘rqib ketibdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Musulmon kishi musulmon kishini qo‘rqitishligi halol bo‘lmaydi” degan ekanlar.
Abu Dovud va Ahmad rivoyati.
Bu erda faqat musulmon emas balki musulmondan boshqalarni ham qo‘rqitish halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar