Emizish haqida

Assalomu alaykum! Farzandim ikki yoshdan o‘tib ham emizishdan chiqa olmayapti. Shunga ikki yoshdan keyin emishlik nima bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلاَدَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ «Onalar farzandlarini to‘liq ikki yil emizurlar. (Bu) emizishni batamom qilmoqchi bo‘lgan kishi uchundir» ("Baqara" 233-oyat) degan oyatdir. Xuddi shu ma’no Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning bir necha hadisi shariflarida ham ta’kidlangan. Demak, bola ikki yoshidan keyin emsa, shar’iy emizish sobit bo‘lmaydi. Onaning suti onaning bir bo‘lagi sanalib, zarurat yuzasidan shariat bolaga uning iste’moliga ruxsat bergan. Ikki yoshdan keyin emizish harom sanaladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar