Yillik qazo namozlar

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga savol yuborgan edim. https://savollar.islom.uz/s/183944 ushbu da 1.Masalan ota bola ikkalasi (yoki do‘st yoki aka uka) ham oxirgi qazo asir namozini o‘qishlikni niyat qildim desa, joizmi? Vaholanki bu ikkalasining qazo kunlari har xil bo‘lishi mumkin. 2. Agar ko‘p yillik qazo namozlari bor tengdoshlarga ham joiz emasmi? 3. Agar o‘tgan o‘qilgan qazo namozlar ado bo‘lmagan bo‘lsa uni qaytadan o‘qish vojibmi? 4. Agar bunday jamoat qilish durust bo‘lmasa, bir xonada taxminan o‘ch to‘rt kishi bor va ular hammasini ko‘p yillik qazo namozlari bor, va uni ado etishmoqchi. Ular ba‘zan bir kunlik, ba‘zan 5 kunlik, ba‘zan bir ikki vaqtlik namozlarni ado etishadi. Ha aytgancha u erda ayollar ham bo‘lishadi. Bunday vaziyatda azon va takbir masalasi qanday bo‘ladi? 5. Yakka holatda bo‘lsa Namoz jahriy yoki maxfiy bo‘lishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aniq bir vaqt namozini o‘qishmasa joiz emas.2). Agar hammas bir vaqtni namozini o‘qishmasa joiz emas.3) Albatta qazoni o‘qishi zimmada qoladi.4). Bir marta azon aytiladi, qolganiga takbir aytilib o‘qiladi. 5). Yolg‘iz namoz o‘quvchi hamma namozlarini eng kamida o‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qishi shart. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:43 | Savol-javoblar | 204 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar