Qur’oni Karimni yozib yod olish
Ayyomingiz muborak bo‘lsin! Men inshaallah Qur’oni Karimni Robbim qodir qilgunicha yod olishni boshlamoqchi edim. Har bir insonning yod olish uslubi bo‘lganidek, meni ham yod olish uslubim o‘zgacharoq. Ya’ni, faqat o‘qish yoki tinglash orqali emas, balki yozish orqali (posredstvom vizualnoy pamyati) yod olsam tezroq yod olaman va xotiramda mahkam joylashadi. Savolim quyidagicha: Yod olish jarayonida oyatlarni bir necha marotaba qayta-qayta yozishim kerak bo‘ladi. Qur’oni Karimni oyatlarini doskaga marker bilan yozib keyin o‘chirib o‘rgansam gunoh bo‘lmaydimi? Qog‘ozga yozilgan oyatlarni esa tashlab yuborish mumkin emas, shuning uchun doskaga yozsam degandim. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat! Hurmat bilan, Dilnoza. Izoh: Yozish albatta arab alifbosida bo‘ladi...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yaxshi bo‘ladi. Afrika davlatlaridagi musulmonlarda shu uslub qo‘llanadi.
26 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 149 | Qur’oni karim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yaxshi bo‘ladi. Afrika davlatlaridagi musulmonlarda shu uslub qo‘llanadi.
26 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 149 | Qur’oni karim