Aviakassada ishlash hukmi

Assalomu alaykum! Men yaqinda Aviakassa firmasiga Aviakassir sifatida ishga kirdim va har bir kasbda bo‘lgani kabi bu kasbning ham fiqhini bilish biz uchun vojib deb sizlarga bir qancha savollarni yo‘lamoqchiman. Savollarim ko‘pligi uchun sizlardan uzr so‘rayman. Aviakassa firmasiga kelishuvga erishilgan Aviakompaniyalar tomonidan har bir sotilgan biletning narxidan(soliqlardan tashqari) 5% yoki undan ortiq summa firmaga skidka beriladi. Firma qancha kop bilet sotsa shuncha kop daromad topadi. Bizlarga kelishilgan holda oylik maosh berishadi. bu erda ishlab bu erda bo‘layotgan ishlar meni tashvishga soldi: 1). Shu kabi Firmalarda ishlashimiz joizmi? 2). Ma’lumki biletlar Aviakompaniya qo‘ygan qonunlar bilan biletlar sotiladi. Hozirgi kunda hamma aviakompaniyalarda Samalyotda Biznes va Ekonom Klasslar mavjud Biznes kalss 2-3 xil ekonom klasslarning ichida 8 dan 12 turgacha klasslarga bo‘linadi, har bir klassning o‘ziga yarasha chegarasi bor, masalan eng arzon klassga 20 ta odam ketsa keyingi klassning narxi 120 ming so‘mdan 300.000 so‘mgacha ko‘tariladi to biznes klassgacha bo‘lgan klasslargacha ko‘tarilib ketaveradi. Shunday holatlar bo‘ladiki ba’zi Aviakassirlar klientlarga bilet sotishadi va ozginadan keyin shu klassdan arzonroq klassdagi joy chiqb qoladi(qaysidr odam uchishni xohlamagan bo‘lsa, vozvrat qildrgan bo‘lsa, boshqa sanaga surdirsa usha joy bo‘sh qoladi va sistemada usha(arzonroq) joy bo‘shab qoladi buni payqagan va hozirgina shu reysga sotilgan lekin qimmatroq klassga sotilgan biletni otmen qlishadi(1 sogot ichida biletni otmen qilsa boladi qoida boyicha) va usha arzon joy siqb qolgan klassga shu klientga boshqatdan biletini kirgizishadi. Tabiiyki bunda klientga bu narsa aytilinmaydi va klientdan olingan puldan usha arzonroq joy ning foydasini olib qolganini kassaga berishadi. masalan klient 2.000.000 lik bilet sotib oldi, so‘ng arzon joyi siqb qolb 1.800.000 so‘mga aviakassir boshqatdan biletini yozdi 200.000 som cho‘ntakka qoladi. shu narsaning hukmi qanday bo‘ladi? Aviakassirlarni juda kop qismi shu ish bilan shugullanishadi 3) Ma’lumki bir davlatga samalyotlar faqat Davlatniki bo‘lmaydi Xususiy firmalar ham Aviakompaniya bilan birgalikda Charter reyslar ham qo‘yib boriladi. Yuqorida aviakompaniya firmaga 5% skidka berishini aytib otdim. Charterlarda unday emas Charter qoygan firma biletini tannarxini elon qiladi va boshqa Aviakassalarga elon qiladi. Aviakassalar bu narxning ustiga o‘z foydalarini qo‘yib sotishadi kimisi 100.000 sum kimisi 200.000 sum va hokazo(chunki charter qoygan firmalarning 90%i o‘z tannarxidan hech qanday foyda bermaydi) Tabiiyki biz o‘zimizga foyda bo‘lsin deb bu biletlarni ustiga foydamizni qo‘yib sotamiz. Mana shu tarzda sotilgan bilet bizga halolmi? 4) Hozirgi payt pandemiya hukmron surb turgan vaqt. Ma’lumki biror bir davlatga siqishni xohlagan bir kishi albatta sovid 19 virusi yo‘qligini bildiruvchi guvohnoma(test) talab qlinadi, usiz hech qayoqqa uchib ketb bo‘lmaydi. Hozirda juda ko‘p Aviakassirlar va Tibiyot muassasalari bu borada yolg‘onga qo‘l urmoqdalar. Asli test topshirmagan va virusi bor yo‘qligini o‘zi ham bilmaydigan insonlarga virusi yo‘q degan xujjat qlb berilmoqda. bu juda kop kuzatilmoqda. Men fikrimcha bu xarom amal, agar shu inson qalbaki hujjat bilan virusi bola turb boshqa shaharga borsa va u erdagilarga 1 ta odamga bolsa ham yuqtirsa va shu kishi u yuqtrgan virus sababli vafot topsa shu ishda qo‘li urilgan barcha kishilar gunohi kabira qilgan bo‘ladilar Ya’ni qasddan odam o‘ldirish gunohi fikrimcha. Shu haqida ham batafsil fatvo beringlar iltimos! 5) Shu test balosiga arlashmaslik un men bir yo‘lini topdim. Firmamizga yaqin joyda bir diagnostika qladigan klinika bor u erda rasmiy test topshirib natijasini olsa boladi. Men kelgan klientlarimga xohlasangiz shu erda klinika bor usha erdan qildirilar deb aytaman (majburlamiman ozingiz tarafda bor bolsa usha erdan ham qildrsangiz boladi deb aytaman). Endi usha klinikadan taklif tushgan bizga kelb bilet sotb olgan klientlar test toshirishi un shu klinikadan topshirishsa biz orqali borishgani un ularga skidka qlb berishadi, Masalan shundoq borb test topshirsez 200.000 ga tekshirib natijasini olasiz, bizdan bilet olb biz orqali borishsa ularga 170.000 sum qlb berishadi va menga ham bunda foyda bor men yuborganm un shu 30.000 ni menga berishadi. Bunda ham klient yutmoqda ham klinika ham men. shu ishim joizmi? bundan keladigan pul men un halol bolaidmi? Ustozlarim sizlardan iltimos shu savollarimizga batafsil jovob berishigizni so‘rab qolardim. Chunki juda ko‘p gunohlar qilinmoqda, birovning haqiidan qo‘rqishmayapti, shoyad shu savol sababli Alloh ularni qalbini ochar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar shariatga zid bo‘lmagan ishlarida joiz.2). Harom. Bu aldov, o‘zgalar molini botil yo‘l bilan eyishdir.3). Joiz.4). Bu yolg‘on guvohlik berishga kiradi. Harom. Ammo, odam o‘ldirgan bo‘lmaydi.5). Joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar