Yordam bering oilam buzilmoqda

Assalomu alaykum! Uylanganimga uch yildan oshdi. Onam topgan qizga uylanganman. Ayolim erka o‘sgan. Biz rossiyada ishlaymiz oilaviy. Birinchi yil men ayolim va onam ishladik birga va shu vaqt orasida ko‘p bora qaynona kelin chiqisha olmadi. Keyin onam o‘zbekistonga qaytdi. Ikki yildan ortiq ikkimiz ishlab ikki qiz farzandlik bo‘ldik. Keyin onam va qaynonam xam keldi bir oycha bo‘ldi. Endi qaynonam eski gaplarni kuzg‘ab xotinim va bolalarimni mendan ajratib olmoqchi bo‘lyapdi. Ayolimga qaynonam "agar ajrashmasang o‘zimni o‘ldiraman. Yashaymaysan unday qaynona bilan" deb qo‘rqitibdi. Ayolim shundan qo‘rqib 3 marta olib ketgani borsam xam qaytmayabdi. Ajrashaylik deb turib olgan. O‘rtada farzandlarim etim bo‘lib qolyabdi. Xech kim ular xaqida o‘ylamayabdi. Onam xam qaynonam bilan gaplashib ko‘ndira olmadi. Nima qilishga boshim qotdi. qizlarimga raxmim kelyabdi. Axir ularni gunoxi nima? Allohdan xar kuni panox so‘rayman oilam buzilmasin deb. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz imkon boricha oilangizni saqlab qolishga harakat qiling. Buning uchun qaynonangizga gapi o‘tadigan qarindoshlari bilan maslahatlashib yordam so‘rang. Agar kerak bo‘lsa, oilangizni alohida qilib oilangizni buzilmasligini ta’minlang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar