Ishda bo‘sh vaqt

Assalomu alaykum! Ustoz xozi pandemiya sabab korxonalarga tasir kildi. Shu sabab kupgina xollarda ishlamasdan oylik olib yuraman. Masalan utgan yili 5 oydan ortik shunaqa xolat bo‘ldi. Muximi men ishlayman deb turaman lekin ish beruvshi tayinli vazifa bermaydi, mayda chuyda narsalar bilan band bo‘lasiz. Ishdan chikaman desagingz sabab yuk. Pandemiya tufayli muzokaralar tuxtatildi shu sabab bazi bir ishlar tuxtadi. Ikkinchi ish topib ishlasayman desam, birinchi ishxona xakkiga xiyonat kilmayapmanmi deb turardim. Birinchidan ishlamasdan oylik olganim menga shubxali tuyaldi, exson kilaman desam shu puldan xam exson kilasanmi deb exson kilmasdan yana tushkinlikka tushardim. Berk kuchaga kirgandek. Ishdan chikdim axiri, yangi ishda yana shunaqa xolat yuz berdi, bu safar pandemiya sabab emas, oddiy xozircha tayinli vazifa yuk. Men tushunmay qolyapman nima qilsam bo‘ladi? Bush vaqt qup lekin beqorga kun utyapti deb ichimdan ezilaman. Maruza eshtdim bush vaqtda, maruza xam kungilga sig‘madi. Bu yerda ishlamasdan pulni olib, maruza eshtib turibsanmi deb. Bir tanishimdan suradim unda xam bush vakt kup bo‘lar ishda. Katta katta oylik olamiz odam xayron bo‘ladi. Bitta ukamda xam shunaka muamo, mendan kelib suradi. Aka vazifa yuk ishda bekor utribman deyapti. Ishni uzgartirdim, bir oy ishlaysiz keyin bir necha xafta ishlamasdan oylik olasiz. Umuman nima kilish kerak kelajakda yana shunday bo‘lsa? Ish vaktida bush vakt bo‘lsa nima bilan shugulannish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish beruvchi bilan ordagi kelishuvga (agar ish vaqtbay bo‘lmasa) amal qilib vazifangizni to‘la bajarsangiz, qolgan vaqtda o‘zingiza yoki ish joyingizga manfaatli ish bilan shug‘illansangiz joiz bo‘ladi. Agar ishingiz vaqtbay bo‘lsa unda ish vaqtida to‘liq ish bilan band bo‘lasiz yoki ish tugab ish vaqti tugamasa ish beruvchidan ruxsat bo‘lsagina boshqa ish qilishingiz halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar