Kasb-korga qodir bo‘lgan, sog‘lom ukamga zakot bersam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Zakotni aka-ukaga bersa bo‘lar ekan. Mening ukam namoz o‘qimaydi. O‘zining uyi, oilasi bor, o‘zi sog‘lom, ikki nafar farzandi bor. Ro‘zg‘ori alohida. Ishchi bo‘lib ishlaydi. 2mln atrofida oylik oladi. Rahbari talabiga ko‘ra haftasiga 7 kun ishlaydi (hatto Hayit kunlari ham). Men bermoqchi bo‘lgan zakot bilan ham puli nisobga etmaydi. “Mo‘minning najoti” kitobi “Zakot olishi mumkin bo‘lmaganlar” bobi 140-sahifada “Kuch quvvati etarli, biror kasbga qodir kishilarga zakotdan berilmaydi....... Demak, biror kasbga qodir, o‘zi sog‘lom kishining ham zakot molidan olishi to‘g‘ri emas. Bu esa “Kasb qilishga qodir odam jamiyat elkasiga ortiqcha yuk bo‘lmay, o‘zi ishlab, rizqini topsin”, deganidir. Islomning ta’limoti shu” deyilgan ekan. Yana aytilganki “Kasb-korga qodir bo‘lgan, sog‘lom kishiga zakotdan ulush berilmasligi uchun unda quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak: 3) Mazkur ish toqatidan tashqari, chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lmasligi”. Savolim, men ukamga zakot bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afzal bo‘lmasa ham bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 151 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afzal bo‘lmasa ham bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 151 | Zakot