Nomozdagi kiyimlar

Assalomu alaykum! Ichki kiyimga kichik hojatdan so‘ng ozgina (juda ham ozgina, tozalagandan so‘ng ham qolgan bo‘lsa) tomchi siydik tekkan bo‘lsa, ushbu kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Ba’zilar agar siydik bir tanga hajmidan kichik bo‘lsa kiyim tahoratli deb hisoblanadi deyishadi. Shu to‘g‘rimi?
2). Uydan ishga ertalab ketib, kechqurun uyga qaytib kelguncha kiyimni almashtirish imkoni yo‘qligi uchun namozni kiyimni almashtirgandan so‘ng o‘qish kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Hamma namoz o‘quvchilar namozga kerak bo‘ladigan narsalarini yonlarida olib yuradilar. Tadbirini qiling. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 59 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar